← Saytga qaytish

Buyurtma va to‘lov haqida

Namunalarni bepul ko‘rishingiz mumkin. Buyurtma berishda ismlar, sana, vaqt va manzilni tekshiring. Yakuniy narx tanlangan tarif va qo‘shimcha xizmatlar bilan to‘lovdan oldin ko‘rsatiladi.

Taklifnoma to‘lov cheki administrator tomonidan tekshirilib tasdiqlangach faollashadi. Buyurtmani kiritish va tasdiqlash vaqti alohida: tasdiqlash operator ish vaqtiga bog‘liq. Holatni buyurtma berilgan brauzer yoki Telegram bot orqali kuzating.

Statik rasm 941×1672 formatda tayyorlanadi. To‘plam uchun botda ZIP yoki alohida rasmlar tanlanadi. Web musiqasi mehmonning brauzeri va ovoz sozlamasiga qarab konvertni ochgandan so‘ng ijro etiladi.

Yuklayotgan media fayllaringizdan foydalanish huquqiga ega bo‘ling. Noto‘g‘ri ma’lumot, tahrirlash, bekor qilish yoki to‘lov masalasi bo‘lsa, buyurtma kodini operatorga yuboring; yechim buyurtmaning amaldagi holatiga qarab kelishiladi.